Ramzan Qodirov Xersonda ko‘plab chechen jangchilari halok bo‘lganini tan oldi

Ramzan Qodirov Xersonda ko‘plab chechen jangchilari halok bo‘lganini tan oldi
Ramzan Qodirov Xerson viloyatidagi chechen bo‘linmalaridan birining 23 jangchisi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Yana 58 kishi yaralangan, dedi Checheniston rahbari.

U respublika hukumati halok bo‘lgan jangchilarning yaqinlariga barcha zarur yordamni ko‘rsatishini va’da qildi.

O‘lgan askarlarning dafn marosimi uchun Qodirov: «biz 1 million rubl ajratamiz, yana 12 million rubl oilalarga to‘lanadi, yaradorlar uch million oladi», deb yozgan.

25 oktabr kuni Ukrainaning Xerson viloyati harbiy okrugi rahbari Sergey Xlan Ukraina Qurolli kuchlarining chechenlar bazasiga uyushtirgan hujumi natijasida 40 dan ortiq jangari halok bo‘lgani va ikki yuzga yaqini yaralanganini ma’lum qilgandi.

Qodirovning chop etilgan postidan avval Rossiya tomoni Checheniston jangchilarning Xerson viloyatida halok bo‘lgani haqida izoh bermagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.