Rossiya Davlat dumasi Zelenskiyga qochishga tayyorlanishni maslahat berdi

Rossiya Davlat dumasi Zelenskiyga qochishga tayyorlanishni maslahat berdi
Vladimir Zelenskiyning siyosatchi sifatidagi kunlari sanoqli, u qochish haqida o‘ylashi kerak. Bu haqida Rossiya Davlat dumasining Qrim viloyatidan deputati Mixail Sheremet RIA Novostiga ma’lum qildi.

\"Zelenskiyning siyosatchi sifatidagi kunlari sanoqli. U allaqachon qochish haqida o‘ylashi kerak\", deydi Sheremet.

Uning fikricha, yaqin oylarda dunyoda siyosiy kuchlar muvozanatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Kiyevning jinoiy rejimi endi o‘zining g‘arb xo‘jayinlariga kerak bo‘lmaydi va u Zelenskiy va uning korrupsion guruhlari xaosga botgan Ukrainadan qochishga majbur bo‘ladi”, deya xulosa qildi deputat.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilmoqda. Qurolli kuchlarning vazifasi Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlashdan iborat.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.