Kiyev viloyatida shoshilinch ravishda 425 ta yadroviy boshpana tayyorlanmoqda

Kiyev viloyatida shoshilinch ravishda 425 ta yadroviy boshpana tayyorlanmoqda
Ukraina Rossiya bilan urush fonida voqealarning har qanday rivojiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Kiyev viloyati ma’muriyati rahbari Aleksiy Kulebaning ma’lum qilishicha, mazkur hududda shoshilinch ravishda 425 ta yadroviy boshpana tayyorlanmoqda.

Ular yer ostida yetarlicha chuqurlikda joylashgan oddiy bomba boshpanalari asosida jihozlanmoqda.

Boshpanalar 15 noyabrgacha tayyor bo‘lishi kerak.

\"Mintaqaning favqulodda vaziyatlar xizmatlari allaqachon radiatsiyaviy himoya vositalari bilan jihozlangan va ularning tayyorligini baholash uchun o‘tgan haftada shtab tomonidan mashqlar o‘tkazildi\", - dedi Kuleba.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.