10 ming kvadrillion dollarlik asteroid Yerga yaqinlashmoqda

10 ming kvadrillion dollarlik asteroid Yerga yaqinlashmoqda
Butun insoniyatni oltinga ko‘mib yuborishi mumkin bo‘lgan asteroid Yerga yaqinlashmoqda. NASA navbatdagi missiyasini yadrosi oltin, temir va nikeldan iborat ushbu fazoviy jismni o‘rganishga yuboradi.

Asteroidning taxminiy qiymati — 10 ming kvadrillion dollar (1 kvadrillion — 1 000 000 000 000 000). Olimlarning fikricha, u o‘lik sayyoraning metall yuragi bo‘lgan. Fazoviy jismning kengligi — 226 kilometr.

Bo‘lg‘usi missiyadan NASA juda ko‘p narsalarni kutyapti. Bu tadqiqot nafaqat Yer yadrosini yaxshiroq o‘rganish imkonini berishiga, balki uning yashovchilarini boyitib yuborishiga ham umid qilishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.