Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)

18 noyabr kuni Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal rossiyaliklar zarbalari tufayli mamlakat energiya tizimining qariyb yarmi ishdan chiqqanini ma’lum qildi.

Telegram-kanallarda rossiyalik harbiy asirlar Ukraina harbiylari tomonidan otib tashlangani aytilgan video tarqaldi. Rossiya hukumati ta’siridagi harbiy telegram-kanallar videoyozuv Luhansk oblasti Makeyevka qishlog‘i hududida olinganini yozishdi.

RF tergov qo‘mitasi jinoiy ish ochdi, Rossiya videoyozuvni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga yo‘llagan. Ukraina tomoni hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Shvetsiya politsiyasi «Shimoliy oqim» gaz quvurida diversiya amalga oshirilganini tasdiqladi: voqea joyida portlovchi qurilma izlari topilgan.

Quyida 18 noyabr, urushning 268-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ozod etilgan Xerson manzaralari
Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Xerson oblastidagi ukrain tanklari va harbiy texnikalari. 9 noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya qo‘shinini Dneprning chap sohiliga olib o‘tish va Xersonni tashlab chiqishni buyurgandi. 11 noyabr kuni shaharga ukrain harbiylari kirib kelishdi.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Xerson oblastida ukrain harbiylariga olqish yo‘llayotgan kishi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Xersonlik kishi ko‘lmakdan suv to‘plamoqda. Shahar ukrainlar nazoratiga qaytgach, Xerson meri yordamchisi Roman Golovnya Xersonda gumanitar falokat yuzaga kelganini aytdi: odamlarga suv, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari yetishmayapti. Golovnyaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati gumanitar yordam yetkazish orqali muammolarni hal qilishga kirishgan.
Ivan Antypenko / EPA / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Mikolayiv oblasti Novopetrovk qishlog‘ida odamlar gumanitar yordam qutilarini tashimoqda: ko‘prik harbiy harakatlar chog‘ida vayron bo‘lgani tufayli qishloqqa avtomobil orqali o‘tishning imkoni yo‘q.
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Xerson atrofida gumanitar yordam tarqatish punkti. Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko 18 noyabr kuni Xersonga Ukrainaning boshqa hududlarida to‘plangan gumanitar yordam jo‘natilganini ma’lum qildi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Gumanitar yordam tarqatish punktida non olib ketayotgan xersonlik ayol
Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Xersonlik ayol mahalliy supermarketda
Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Xersonliklar gumanitar yordam tarqatish punktida xayriya qilingan buyumlar orasidan o‘zlariga kiyim tanlashmoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Xersondagi qabriston: Rossiya istilosi chog‘ida paydo bo‘lgan qabrlar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xerson oblastida rossiyaliklar tashlab ketgan poligon
Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Safarbar qilingan rossiyaliklar uchun poligonda jangovar piyodalar mashinasi uchun mo‘ljallangan snaryadlardan qolgan bo‘sh gilzalar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Xerson oblastida safarbar qilingan rossiyaliklar uchun sobiq poligonda qolgan harbiy libos.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Rossiyaliklar safarbar etilganlar uchun poligonga o‘g‘irlab olib kelgan ventilyatorlar, RF kuchlari chekinish chog‘ida poligonni tashlab ketishgan. Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimolidagi ukrain harbiylari
Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Donetsk oblasti Drobishevo posyolkasida gumanitar yordam ortilgan yuk mashinasi. Drobishevo Liman shahri atrofida joylashgan: 1 oktabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Rossiya armiyasi «yanada qulayroq pozitsiya»ga ko‘chirilgani uchun Limanni egallagandi.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Donetsk oblastidagi pozitsiyada turgan ukrain harbiysi
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Ukrain harbiysi tankka qarshi raketa uchirmoqda, Donetsk oblasti
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Ukrain harbiylari pozitsiyani o‘zgartirish chog‘ida, Donetsk oblasti
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Ukrain harbiylari «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimini qayta o‘qlamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainadagi urushning 268-kuni: Xersondagi gumanitar falokat, Donbass shimolidagi ukrain jangchilari (foto)
Ukrain harbiylari «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.