Moskvada XVIII Xalqaro musulmonlar forumi yakunlandi

Moskvada XVIII Xalqaro musulmonlar forumi yakunlandi
2022 yilning 7-10 dekabr kunlari Moskva shahrida “Adolat va mo‘tadil: dunyo tartibining ilohiy tamoyillari” XVIII Xalqaro musulmonlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Moskvada XVIII Xalqaro musulmonlar forumi yakunlandi
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Rossiyada davlat miqyosida Volga Bulg‘oriyasi halqlari tomonidan Islom dinini qabul qilganining 1100 yillik bayrami nishonlanmoqda. Xalqaro musulmonlar forumi ushbu bayram doirasidagi yakuniy tadbirga aylandi.
Moskvada XVIII Xalqaro musulmonlar forumi yakunlandi
Forum ishtirokchilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning, Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning murojaatlari o‘qib eshittirildi.
Moskvada XVIII Xalqaro musulmonlar forumi yakunlandi
Xususan “Ushbu bayramni keng nishonlash Rossiya musulmonlar ummatini jipslashtirish hamda dunyo musulmonlari orasida Rossiyaning obro‘yini orttirishga xizmat qiladi.

Yuzlab yillar davomida Rossiya musulmonlari Vatanga sadoqat bilan xizmat qilib, davlatni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shib kelishmoqda. Bugun ham, maxsus operatsiya doirasida musulmon askarlarimiz fidokorlik va jasorat namoyish qilishmoqda.

Barchangizga muvaffaqiyat tilayman
”, - deyilgan Rossiya prezidenti so‘zida.

Forumda ishtirok etish uchun dunyoning o‘nlab davlatlaridan bir necha yuzlab nufuzli mehmonlar Moskvaga tashrif buyurishdi. Ular orasida Turkiya Din ishlari boshqarmasi boshlig‘i doktor Erbas, Islom Mazhablarini Yaqinlashtirish Butunjahon Assambleyasi Bosh Kotibi Doktor Hamid Shahrioriyning va boshqa qator shaxslar bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.