Meksikada 7 nafar o‘zbekistonlik garovga olindi

Foto: elsiglodetorreon.com.mx
El Siglo de Torreon nashri xabariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida besh nafar erkak, bir ayol va voyaga yetmagan bola bor.
Nashrning yozishicha, ular avtobusda Meksikaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Quyi shimoliy Kaliforniya shtatiga ketayotgan paytida, Gomes-Palasio shahrida to‘xtash vaqtida hujumga uchragan.
Jinoyatchilar o‘zbekistonliklardan 1200 dollar talab qilishgan, fuqarolarda esa pul bo‘lmagan. Shu bois noma’lum shaxslar jabrlanuvchilarni shaxsiy uyga olib kelib, pul talab qilgan.
Huquq-tartibot idoralari o‘zbekistonliklarni ozod etib, himoya va yordam ko‘rsatish uchun milliy migratsiya institutiga yuborgan.
O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligi yuqoridagi ma’lumotlarga hozircha izoh bermagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!El Siglo de Torreon nashri xabariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida besh nafar erkak, bir ayol va voyaga yetmagan bola bor.
Nashrning yozishicha, ular avtobusda Meksikaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Quyi shimoliy Kaliforniya shtatiga ketayotgan paytida, Gomes-Palasio shahrida to‘xtash vaqtida hujumga uchragan.
Jinoyatchilar o‘zbekistonliklardan 1200 dollar talab qilishgan, fuqarolarda esa pul bo‘lmagan. Shu bois noma’lum shaxslar jabrlanuvchilarni shaxsiy uyga olib kelib, pul talab qilgan.
Huquq-tartibot idoralari o‘zbekistonliklarni ozod etib, himoya va yordam ko‘rsatish uchun milliy migratsiya institutiga yuborgan.
O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligi yuqoridagi ma’lumotlarga hozircha izoh bermagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













