Telegram asoschisi BAAning eng boy kishisiga aylandi

Foto: InternationalWealth.info
Forbes nashri Telegram messenjeri asoschisi va egasi Pavel Durovning boyligini 15,1 mlrd dollarga baholadi. Bu uning Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi eng boy inson ekanini anglatadi.
Durov hozir BAAda yashaydi — 2022 yil boshida ushbu mamlakat pasportini olgan. Bundan tashqari, Rossiya, Fransiya hamda Sent-Kits va Nevis orol-mamlakati fuqarosi ham sanaladi.
Forbes jurnalining global milliarderlar reytingida Durov 123-o‘rinda. Jurnalning ruscha talqini 2021 yilda uni rossiyalik boylar orasida to‘qqizinchi o‘rinda joylashtirgandi.
2022 yilda Durovning boyligi kamaydi — o‘tgan yili Forbes uning boyligini $17 mlrd deb baholagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Forbes nashri Telegram messenjeri asoschisi va egasi Pavel Durovning boyligini 15,1 mlrd dollarga baholadi. Bu uning Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi eng boy inson ekanini anglatadi.
Durov hozir BAAda yashaydi — 2022 yil boshida ushbu mamlakat pasportini olgan. Bundan tashqari, Rossiya, Fransiya hamda Sent-Kits va Nevis orol-mamlakati fuqarosi ham sanaladi.
Forbes jurnalining global milliarderlar reytingida Durov 123-o‘rinda. Jurnalning ruscha talqini 2021 yilda uni rossiyalik boylar orasida to‘qqizinchi o‘rinda joylashtirgandi.
2022 yilda Durovning boyligi kamaydi — o‘tgan yili Forbes uning boyligini $17 mlrd deb baholagandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













