Kanadalik haydovchi qiz navigatorga ishonib ko‘l ichiga kirib ketdi


23 yoshli kanadalik qiz o‘z mashinasida GPS-navigatorining noma’lum hududdagi ko‘rsatkichiga tayanib Guron ko‘lidagi Jorjian-Bey ko‘rfaziga kirib ketdi. Qiz oynadan sakragan holda mashina ichidan tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan, uning qizil Toyota’si esa g‘avvoslar yordamida olib chiqilgan. Bu haqda \"Kun.uz\" xabar berdi.
Kanadalik qiz muzdek suvda 100 fut (30 metr) atrofidagi masofani suzib o‘tishga majbur bo‘lgan va telefoni mashinada qolgani uchun mahalliy mehmonxonaga kelib, tez yordam chaqirgan.

Avtomobil qayta tiklanmaydigan holatga kelganligi ma’lum bo‘ldi, uning egasiga esa hech qanday ziyon etmagan.
Guvohlarning so‘zlariga va suratdagi tasvirlarga ko‘ra, kechki vaqtga yaqin ko‘rish qobiliyati pasayishi tufayli bu hududdagi suv etarlicha keng bo‘lgani tufayli uni ko‘cha deb o‘ylash mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













