Antonio Banderas yurak xuruji hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib yuborgani haqida

Antonio Banderas yurak xuruji hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib yuborgani haqida
Foto: «Film.ru»
Ispaniyalik aktyor Antonio Banderas yurak xurujiga uchragani haqidagi xotiralarini muxlislariga gapirib berdi. Aktyor 2017 yilda yurak xurujiga uchragan edi.

Banderasning so‘zlariga ko‘ra, yurak xurujiga uchragani uning hayotidagi eng yaxshi voqealardan biri bo‘lgan: «Men bu hayotimdagi eng yaxshi voqealardan biri ekanini angladim, chunki har kuni tashvishlanadigan narsalarim ma’nosiz bo‘lib chiqdi. Nega o‘lishdan qo‘rqaman? Har doim bunday bo‘lishini bilardim, biroq hozir buni his qilyapman. U menga yaqin edi», — deydi aktyor.

Banderas yaqinda «So‘ngi tilak» multfilmidagi etik kiygan mushukka ovoz berdi. U, shuningdek, DreamWorks kinostudiyasi muallifligidagi multfilm — «Shrek»ning beshinchi qismi bilan ekranlarga qaytishiga ishora qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.