Polsha iqlim vaziri ishxonasi va uyida haroratni pasaytirdi

Polsha iqlim vaziri ishxonasi va uyida haroratni pasaytirdi
Foto: Strana.ua
Polsha iqlim va atrof-muhit vaziri Anna Moskva. Polsha iqlim va atrof-muhit vaziri Anna Moskva ishxonasi va uyidagi havo haroratini 19 darajagacha tushirdi.

Vazirning aytishicha, elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish uchun u ishxonasi va uyidagi haroratni atayin pasaytirgan.

U o‘zi rahbarlik qilayotgan idora kun tartibida xarajatlarni iqtisod qilishda yordam beruvchi choralar ro‘yxati borligini ta’kidladi.

«Masalan, kechasi vazirligimizda ventilyatsiyalar o‘chiriladi. O‘ylashimcha, bu vaqtinchalik iqtisod qilishmas, balki yaxshi amaliyotga aylanadi», — dedi u.

Polshada 2023 yil 1 yanvaridan yangi qonun kuchga kirdi. U davlat organlari rahbarlariga o‘zlarining qo‘l ostidagi obyektlarda elektr energiyasi safini 10 foiz kamaytirish mujburiyatini yuklaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.