AQSHdagi maktabda 6 yoshli o‘quvchi o‘z o‘qituvchisini otib qo‘ydi

AQSHdagi maktabda 6 yoshli o‘quvchi o‘z o‘qituvchisini otib qo‘ydi
Foto: The Virginian-Pilot
AQSHning Virjiniya shtati Nyuport-Nyus shahrida boshlang‘ich maktabning olti yoshli birinchi sinf o‘quvchisi o‘z o‘qituvchisiga o‘q uzdi, deb yozadi The Virginian-Pilot gazetasi.

Shahar politsiyasi boshlig‘i Stiv Dryu ma’lum qilishicha, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan, shundan keyin bolakay unga to‘pponchadan o‘q uzgan. «O‘q tasodifan otilmagan», — deya ta’kidladi politsiyachi.

30 yoshli o‘qituvchi hayot uchun xavfli jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan. O‘quvchilardan hech biri jabrlanmagan. O‘q uzgan o‘quvchi qo‘lga olingan. Tergovchilar u to‘pponchani qayerdan olganini aniqlashtirmoqda.

Nyuport-Nyus ta’lim departamenti rahbari Jorj Parker III maktabda darslar bekor qilinganini, hukumat «xodimlar va o‘quvchilar ruhiy salomatligi ustida ishlayotgani»ni aytdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.