Tailandda sayyohlar o‘tirgan qayiq ag‘darilib ketdi

Tailandda sayyohlar o‘tirgan qayiq ag‘darilib ketdi
Tailandda sayyohlar o‘tirgan qayiq ag‘darilib ketdi

Tailandning Samui oroli yaqinida motorli qayiq ag‘darilib ketishi natijasida ikki sayyoh halok bo‘ldi. Yana besh nafar kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi “TASS” nashri.

Halokatga yo‘liqqan qayiqda 36 kishi bo‘lgan. Ularning aksariyat qismi chet ellik sayyohlar bo‘lishgan. Dengizda kuchli to‘lqin hosil bo‘lishi oqibatida qayiq ag‘darilib ketgan. Suvdan mahalliy baliqchilar 28 kishini qutqarib chiqargan, ulardan etti nafar og‘ir shikastlangan. Ayni paytda sayyohlarning fuqaroligi aniqlashtirilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.