Xitoy aviakompaniyasi Toshkent bilan yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Xitoy aviakompaniyasi Toshkent bilan yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Xitoyning «Loong Air» aviakompaniyasi Siyan — Toshkent — Siyan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 2023 yil 10 fevralga mo‘ljallangan. Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, «Loong Air» — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, yo‘lovchi va yuk havo tashuvlarini amalga oshiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.