Saudiya Arabistoni birinchi marta koinotga ayol astronavtini jo‘natadi

Saudiyalik astronavt ayol Rayana Barnavi
Foto: Twitter
Saudiya Arabistoni 2023 yilning bahorida birinchi ayol astronavtini koinotga jo‘natadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni axborot agentligi (SPA) xabar berdi.
Qayd etilishicha, Axiom-2 missiyasi doirasida saudiyalik Rayana Barnavidan tashqari astronavt Ali Al-Karni ham Xalqaro kosmik stansiyaga boradi.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, parvozni agentlikning sobiq astronavti va XKSning birinchi ayol qo‘mondoni Peggi Uitson boshqaradi, tadbirkor Jon Shoffner uchuvchi sifatidagi vazifalarni bajaradi.
Axiom-2 missiyasi doirasida xususiy astronavtlar SpaceX Crew Dragon kosmik kemasida stansiyaga borishi rejalashtirilgan. Ular XKSda o‘n kun qolib, doimiy ekipaj bilan birga ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Axiom-1 tijoriy kosmonavtlarning birinchi missiyasi 2022 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan. Har bir a’zo uchun parvoz narxi 55 million dollarga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Foto: Twitter

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.