Iroq kurdlari bir qancha posyolkalarni IShIDdan ozod qildi


Iroq Kurdistoni qurolli otryadlari — Peshmerga xalqaro koalisiya samolyotlari ko‘magida IShID tomonidan mamlakat shimolida egallab olingan hududlarda bir nechta qishloqlarni qaytarib oldi.
RIA Novosti agentligi manbasiga asoslanib \"Kun\" nashri bergan xabarga ko‘ra, kurdlarning hujumi oqibatida IShIDning o‘nlab jangarisi yo‘q qilingan.
Iroq Kurdistoni - Iroq shimolidagi muxtor hudud hisoblanib, o‘tgan asrning 90-yillari boshida shu maqomga ega bo‘lgan. Muxtoriyat o‘z hukumati, parlamenti, prezidenti hamda armiyasiga (Peshmerga) ega.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













