Savchenko farrosh bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Savchenko farrosh bo‘lishga tayyorligini bildirdi
Savchenko farrosh bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko prezident bo‘lish bilan bir bir qatorda, farroshga bo‘lishga ham tayyorligini aytdi, deb xabar bermoqda \"Kun\" nashri.

\"Bundan tashqari, men prezident, balandda ishlovchi montajchi bo‘lishga tayyorman. Men farrosh bo‘lishga, foydam tegadigan istalgan kasbda ishlashga tayyorman\", deb aytdi Savchenko.

Savchenkoning ta’kidlashicha, u hanuzgacha Ukraina armiyasi zobiti hisoblanadi va agar uning bu sohada nafi tegsa, unda uning ambisiyalari bundan yuqoriroq bo‘lmaydi.

\"Men shunchaki prezident bo‘lish uchun prezident bo‘lmoqchimasman. Ukraina uchun bo‘lsa, men prezident bo‘laman. Biroq o‘zim uchun bo‘lsa, bu menga kerak emas\", deb ta’kidlab o‘tdi Savchenko.

Avvalroq Savchenko zarur bo‘lsa, prezident bo‘lishga tayyorligini aytgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.