Turkiyada yo‘lovchilar to‘la mikroavtobus ko‘chki ostida qoldi (video)

Videodan skrinshot
Turkiyaning Artvin–Erzurum avtomagistralida yo‘lovchilarni olib ketayotgan mikroavtobus ko‘chkiga duch keldi. To‘rt kishi jarohat olgani aytilmoqda.
TRT Haber xabariga ko‘ra, ko‘chki Deriner-3 tunneliga kiraverishda sodir bo‘lgan. Tuproq va toshlar tunnelga kirish yo‘lini to‘sib qo‘ygan.
Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar yangi ko‘chkilar ehtimolini o‘rganishmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













