Rossiyada Ukrainaning kichik samolyoti qulab tushdi, uchuvchi hibsga olindi


Rossiyaning Bryansk viloyatida Ukrainaga tegishli yengil motorli Aeroprakt A-22 rusumli «Letuchaya lisitsa» samolyoti halokatga uchradi, deb xabar qildi FXX chegara xizmati hududiy boshqarmasiga tayanib RIA Novosti.
Samolyot boshqaruvchisi Ukraina chegarasiga tomon qochishga uringanida hibsga olingani aytilmoqda.

Hodisaning boshqa tafsilotlari chegara xizmati tomonidan ma’lum qilinmagan.
Baza xabariga ko‘ra, uchuvchi avtomat bilan qurollangan. U 50 ming grivna evaziga topshiriq olganini, boshqa samolyot ortidan uchganini, Rossiya hududiga kirib qolganini bilmaganini, unga ishora berilgan paytda suratga olishi lozim bo‘lganini aytgan.
Mash xabariga ko‘ra, samolyot «Drujba» neft quvuri tomon uchgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













