Rossiyada Ikkinchi jahon urushidan qolib ketgan ulkan bomba topildi


Rossiyaning Kursk viloyatida Ikkinchi jahon urushidan qolgan aviatsiya bombasi zararsizlantirildi. Bu haqda Mk.ru xabar berdi.
100 kilogramm og‘irlikdagi ushbu bomba kecha, 7 aprel kuni Zvyaginsevo qishlog‘i yaqinida topilgan.
Mazkur portlovchi modda topilgach, mahalliy aholi bu haqda tezkor xizmatlarga xabar bergan.
Voqea joyiga politsiya va favqulodda xizmatlar vazirligi vakillari yetib kelishgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari snaryadni o‘q otish maydoniga yetkazgan va u zararsizlantirildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













