WP: Rossiya maxsus kuchlari Ukrainadagi urush tufayli zaiflashgan


Foto: TASS
Ukrainadagi urush Rossiya maxsus topshiriqli kuchlarini sezilarli darajada zaiflashtirdi, deb xabar bermoqda The Washington Post (WP) tarmog‘ga sizdirilgan AQSH maxfiy hujjatlariga tayanib.
AQSH rasmiylarining fikricha, Rossiya harbiy qo‘mondonligi maxsus topshiriqli kuchlarga haddan tashqari ko‘p tayangan hamda ularni halok bo‘lganlar va yaralanganlar tufayli katta yo‘qotishlarga uchragan ilg‘or piyoda qo‘shinlar tarkibiga kiritgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Rossiya maxsus topshiriqli kuchlarining ba’zi brigadalari jangovar qobiliyatining 90 foizidan 95 foizigacha zaiflashgan. Sizib chiqqan hujjatlarda Ukrainada qancha rossiyalik qo‘mondon o‘ldirilgani yoki yaralangani aytilmagan.
Biroq, qo‘lga kiritilgan razvedka ma’lumotlariga tayanib aytilishicha, faqat bitta - 346-bo‘linma «deyarli butun brigadani yo‘qotgan, unda 900 nafar harbiy xizmatchidan atigi 125 nafari xizmatda qolgan».
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













