Ukraina Donbassda qarshi hujum boshlanganini e’lon qildi

Ukraina Donbassda qarshi hujum boshlanganini e’lon qildi
Ukraina Donbassda qarshi hujum boshlanganini e’lon qildi
Foto: Reuters
Ukraina qurolli kuchlari (UQK) Donbassda to‘rt yo‘nalishda qarshi hujumga o‘tdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar «Rada» telekanali efirida ma’lum qildi.
 
Departament boshlig‘i o‘rinbosarining aniqlik kiritishicha, Ukraina armiyasi Baxmut, Maryinka, Avdiyivka va Liman yo‘nalishlarida hujum amaliyotlarini boshlagan. Malyar shuningdek, ayni paytda Ukraina qurolli kuchlari Baxmutda «faol hujum operatsiyalari» o‘tkazayotganini ta’kidladi.
 
Avvalroq, Amerikaning Newsweek jurnali Pentagondan sizdirilgan maxfiy hujjatlarga tayanib, Ukrainaning qarshi hujumni boshlash sanasini ma’lum qilgan edi.
 
«Garchi Baxmut yaqinidagi «Vagner» yollanma askarlarining ulushi haqidagi ma’lumotlar katta qiziqish uyg‘otsa-da, undan ham muhimrog‘i «qurol yetkazib berish» 2023 yil 30 apreliga rejalashtirilgan «bahorgi hujum» bilan yakunlanishi haqidagi ma’lumotdir», deb yozdi Newsweek.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.