9 dollar pul olish uchun navbatda turganlar orasidan 80 ga yaqin odam halok bo‘ldi


Yaman poytaxti Sano shahrida 2023 yilning 18 aprel kuni kechki payt tadbirkor tomonidan pul (zakot) tarqatish vaqtida tiqilinch yuz berdi, natijada odamlar halok bo‘ldi va jarohatlandi.
Qayd etilishicha, markaz yaqinidagi ko‘chada odamlar tadbirkordan 9 dollar olishga harakat qilishgan.

«Tiqilinch qurbonlari soni 80 kishiga yetdi, ular orasida bolalar ham bor, 120 kishi jarohat olgan», deyiladi xabarda.
Qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













