Siluanov Rossiya nega milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tganini tushuntirdi

Siluanov Rossiya nega milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tganini tushuntirdi
Siluanov Rossiya nega milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tganini tushuntirdi
Rossiya hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishga o‘tdi, chunki dollar endi zaxira valyutasi emas va bu maqsadlar uchun xavfli bo‘ldi. Bu haqda Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov ma’lum qildi.
 
Hisob-kitoblarda milliy valyutadan foydalanish – bizning ustuvor vazifamiz. Zero, prezident to‘g‘ri aytganidek, biz dollardan emas, balki dollar bizdan ketdi, chunki dollardagi hisob-kitoblar xavfli bo‘lib qoldi. Muzlatib qo‘yishlari mumkin, to‘lov o‘tmasligi mumkin. Shu bois rubldan foydalanishga, do‘st mamlakatlar valyutasidan foydalanishga, raqamli valyutalardan foydalanishga o‘tish – bu bizning moliyaviy hisob-kitoblarni o‘tkazish uchun bugunimiz va kelajagimiz”, - dedi Siluanov “Znaniye” (“Bilim”) marafonida nutq so‘zlayotib.
 
Uning qo‘shimcha qilishicha, boshqa mamlakatlarning Rossiyaning bu tajribasidan foydalanish holatlari ko‘paymoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.