Ukraina Mudofaa vazirligi: Rossiya yangi qurollarni sinovdan o‘tkazmoqda


Rossiya yangi qurollarni ishlab chiqarmoqda va sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Ukrainaning “Pershiy” (“Birinchi”) telekanali efirida ma’lum qildi.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ayni damda Rossiyada ayrim turdagi qurollarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va yangi qurollarni sinovdan o‘tkazish davom etmoqda.
“Endi bosqinchilar ma’lum qurollarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yangi qurollarni sinovdan o‘tkazishni davom ettirishmoqda. Bizga ular taktikani o‘zgartirgandek tuyulishi mumkin, ammo bu ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda urushning borishi bilan bog‘liq holat”, — dedi Malyar.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













