Kolumbiyalik Moskvada Rossiya armiyasi haqidagi "feyklar" uchun qamaldi

Kolumbiyalik Moskvada Rossiya armiyasi haqidagi "feyklar" uchun qamaldi
Kolumbiyalik Moskvada Rossiya armiyasi haqidagi "feyklar" uchun qamaldi
Foto: forpost
Moskvada Kolumbiya fuqarosi Alberto Enrike Xiraldo Saray uyushgan guruh tomonidan g‘arazli niyatda harbiy “feyklar”ni tarqatishda ayblanib, 5 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari, kolumbiyalikka uch yil davomida internet-resurslarni boshqarish taqiqlangan, deb xabar berdi \"Mediazona\" 16 may, seshanba kuni Moskvaning Golovinskiy tuman sudi matbuot xizmatiga tayanib.
 
Tergov va sud jarayonida kolumbiyalik tergov izolatorida edi, eshituvlar yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi. Prokuratura uni olti yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi.
 
Xiraldo Saray 2022 yil aprel oyida hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 9 martdan 18 martgacha Rossiya armiyasining Ukrainadagi harakatlari, xususan, tinch aholining o‘ldirilishi va qo‘shinlarning “rezervdagilar, chaqiriluvchilar, chet ellik jangchilar” tomonidan to‘ldirilgani haqida “ommaviy” SMS yuborish bilan shug‘ullangan.
 
Prokuratura kolumbiyalikning harakatlari xorijdan boshqarilgan, deb hisoblamoqda. Xuddi shu holatda yana ikki kishi qidiruvga berilgan - Ramires Salazar va Briseno Mendosa. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Mendosa \"noma’lum shaxslardan ko‘rsatmalar olgan\" va Xiraldo ishini muvofiqlashtirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.