Qozog‘istonda YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Foto: gazeta.uz
16 may kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining Aqto‘be viloyati hududidan o‘tuvchi 824-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar organlarining media-markazi xabar berdi.
Toyota RAV-4 va Chevrolet Lacetti avtomashinalarining to‘qnashuvi natijasida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi - O‘zbekiston fuqarolari voqea joyida vafot etgan. Lacetti\'dagi yana uch nafar yo‘lovchi va Toyota\'da bo‘lgan er-xotin besh yoshli bolasi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Yo‘l-transport hodisasi holati yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













