Ramzan Qodirov xorijiy maxsus xizmatlar unga qarshi terakt tayyorlayotganini aytdi


Foto: grozny.tv
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yevropa, G‘arb va Ukraina razvedka xizmatlari Rossiya davlatchiligini saqlab qolish masalasidagi faol pozitsiyasi tufayli unga qarshi teraktlar tayyorlayotganini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Ular Rossiyani vayron qilishlariga halaqit bermoqdaman, shu uchun mendan qutulish maqsadida hamma narsa qilishmoqda. Biz Yevropa va G‘arb razvedka xizmatlari, Ukraina maxsus xizmatlari menga qarshi teraktlar tayyorlayotgani haqida ma’lumotlarga egamiz”, dedi Checheniston rahbari.
Shuningdek, u Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovning “ruslarni butun dunyo bo‘ylab o‘ldirishga” tayyorligi haqidagi bayonotiga ham izoh berdi.
“Budanov umrbod qamoqda o‘tiradi yoki o‘q yeb o‘ladi, chunki rus xalqining o‘z himoyachilari bor”, — deya qo‘shimcha qildi Qodirov.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













