Yaponiyada dunyodagi eng qimmat muzqaymoq ishlab chiqarildi. Uning narxi salkam 7 ming dollar

Yaponiyada dunyodagi eng qimmat muzqaymoq ishlab chiqarildi. Uning narxi salkam 7 ming dollar
Yaponiyada dunyodagi eng qimmat muzqaymoq ishlab chiqarildi. Uning narxi salkam 7 ming dollar
Foto: YouTube
Yaponiyaning Cellato brendiga tegishli muzqaymoq Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bunga muzqaymoqning narxi sabab bo‘lgan. Brend ishlab chiqargan muzqaymoq narxi 6 696 dollarga baholandi.
 
Desert qimmatbaho mahsulotlar qo‘shilgani uchun shunday narxlandi. Muzqaymoq tarkibiga yeyiladigan oltin, parmezan pishlog‘i, sake qoldig‘i hamda Italiyaning Alba shahrida yetishtiriladigan oq tryufel qo‘shilgan. Tryufelning bir kilosi 15 ming dollar turadi.
Yaponiyada dunyodagi eng qimmat muzqaymoq ishlab chiqarildi. Uning narxi salkam 7 ming dollar
Foto: YouTube
Osakoda joylashgan RiVi restorani bosh oshpazi ushbu muzqaymoqni yaratishga 1,5 yil sarflagan. “Desert to‘yimli maza hamda tarkibga ega”, — deyiladi Cellato bayonotida. Muzqaymoq ta’tib ko‘rilganida birinchi bo‘lib oq tryufel mazasi, keyin esa parmezan ta’mi seziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.