Tinch okeani tubida fanga noma’lum 5 mingdan ortiq mavjudot topildi


Foto: Smartex Project/NERC
AQSH Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi olimlari Tinch okeani tubidagi Klarion-Klipperton hududida 5 mingdan ortiq turli hayvon turlarini aniqladi. Bu ulkan hudud Havayi va Meksika o‘rtasida taxminan 6 km chuqurlikda joylashgan.
Biologlar bu hududni bir necha yil davomida suvosti transporti yordamida faol ravishda o‘rganishdi. Buning sababi shundaki, u kobalt, nikel va boshqa minerallarga boy va tez orada tog‘-kon korporatsiyalari ixtiyoriga o‘tishi mumkin. Bu esa muqarrar ravishda faunaning o‘zgarishiga olib keladi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, topilgan hayvonlarning 90 foizi ilgari hech qachon ko‘rilmagan yoki o‘rganilmagan. Ularning ko‘pchiligida nom ham yo‘q.
Yangi jonzotlardan olimlar «marmeladsimon olmaxon»ga nom berishdi, u uzun dumli, tanasi esa jelesimon. Shuningdek, «shishasimon gubka» ham nom oldi.
Dengiz tubida asosan bo‘g‘imoyoqlilar, chuvalchanglar va ignaterililar yashashi aniqlangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













