Putin To‘qayevga uzatgan «sirli xat»da nima yozilgani ma’lum bo‘ldi

Putin To‘qayevga uzatgan «sirli xat»da nima yozilgani ma’lum bo‘ldi
Putin To‘qayevga uzatgan «sirli xat»da nima yozilgani ma’lum bo‘ldi
Tarmoqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning majlisda Qoozg‘iston prezidenti To‘qayevga «sirli xat» uzatgani videosi muhokamalarga sabab bo‘ldi.
 
Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi Ruslan Jeldibayning aytishicha, jurnalistlar e’tiborini tortgan qog‘ozda Rossiya tomonining Qozog‘istondan yuk jo‘natuvchilarning Rossiya temir yo‘llari orqali ichki tariflar bo‘yicha yuk tashishi haqidagi savolga javobi keltirilgan.
 
Matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, Rossiya hukumati belgilangan manzil Qozog‘iston hududida bo‘lgan tovarlarga imtiyozli tarifdan foydalanish mumkin, deb hisoblaydi.
 
Shu bilan birga, Rossiya hududidan tranzit o‘tayotgan tovarlarga eksport tariflari qo‘llanilishi kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.