Hindistonda rekord natijadagi issiq havo darajasi qayd etildi

Hindistonda rekord natijadagi issiq havo darajasi qayd etildi
Hindistonda rekord natijadagi issiq havo darajasi qayd etildi

Eng yuqori issiqlik darajasi, ya’ni +51 daraja payshanba kuni Rojastxon shtatining Pxalodi shahrida qayd etildi. Bu Hindiston meteokuzatuv tarixida eng yuqori issiqlik darajasi hisoblanadi, deya xabar beradi korrespondent.net.

Avvalgi rekord natija ham mana shu shtatning Alvar shahrida kuzatilgan bo‘lib, unda issiqlik termometrning +50,6 darajasini ko‘rsatgan

Rekord natijalar yana Rojastxon va Gujarot shtatlarining boshqa shaharlarida ham kuzatilgan.


Hindistonning Meteorologiya departamenti issiq havo yana ham ko‘tarilishini aytib, ogohlantirmoqda.

Hindiston hukumati qattiq issiq tufayli sodir bo‘layotgan o‘limlar haqida hech qanday rasmiy ma’lumot bermagan. Biroq OAVda bir necha o‘lim holatlari qayd etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.