Italiyada qidiruv bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi ashaddiy jinoyatchi qo‘lga olindi

Italiyada qidiruv bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi ashaddiy jinoyatchi qo‘lga olindi
Italiyada qidiruv bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi ashaddiy jinoyatchi qo‘lga olindi

46 yoshli Ernesto Fassalari avvaldanoq qotillik, uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy qurol savdosi uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan

Havfli mafioz, Italiyada qidiruv bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Ernesto Fassalari polisiyaning mamlakat janubida o‘tkazayotgan maxsus operasiyasi vaqtida qo‘lga olindi. ANSA agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda Italiya bosh vaziri Matteo Rensi ma’lumot bergan.

\"Kechasi karabinlar tomonidan \"ndrangeta\"(Italiyadagi uyushgan jinoyatchi to‘da nomi)boshlig‘i qo‘lga olindi. Huquqni muhofaza qilish bo‘limiga minnatdorchilik bildiramiz\" - deydi Rensi.

46 yoshli Fassalari keyingi yigirma yillik davomida doimiy qidiruvda va havfli jinoyatchi sifatida ikkinchi o‘rinda turadi. Birinchi o‘rinda \"koza nostra\" mafiyasi sardori Matteo Messini Denaro turadi.

Avval aytib o‘tganimizdek \"ndrangeta\" sardori qotillik, uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy qurol saqlash va uning savdosi uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.