Internet tarmoqlarida “Eronlik Xalk” tobora mashhur bo‘lib bormoqda


Eronda istiqomat qiluvchi Sajad G‘aribiga internet foydalanuvchilari “Eronlik Xalk” deb nom berishdi. Rangi Xalk kabi yashil emasligini aytmasangiz, ko‘rinishidan Xalkdan farq qilmaydigan bu yigit hozirda 24 yoshda. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
U o‘z suratlarini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirganidan keyin mashhur bo‘lib ketdi. Ayni vaqtda uning sahifasiga 70 ming kishi a’zo bo‘lgan va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. Vazni 155 kilogramm bo‘lgan Sajad sahifasi orqali og‘ir atletika bilan shug‘ullanishi, uning ko‘rinishi shundayligini va semizlik kasalligiga chalinmaganini yozgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 175 kilogrammlik toshni bemalol ko‘tara oladi. Sajad pauerlifting, bodibilding kabi sport turlari bilan ham shug‘ullanib, turli tanlovlarda qatnashib keladi.
Xalk – AQShlik Sten Li tomonidan yaratilgan “Marvel” komiksi qahramonlaridan biri sanaladi. Komiksda u fizik-olim Boyus Banner bo‘lib, radiasiya yordamida amalga oshirilgan eksperiment tufayli katta, yashil, tanasida misli ko‘rilmagan kuchga ega bo‘lgan maxluqqa aylanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













