Prigojinning samolyoti yana Belarusga qo‘ndi

Prigojinning samolyoti yana Belarusga qo‘ndi

Foto: Hajun_BY

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning samolyoti yana Belarusga qo‘ndi. Bu haqda “Belaruski Gayun” monitoring guruhi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 11:05 da Yevgeniy Prigojinning Embraer Legacy 600 biznes-jeti (ro‘yxat raqami RA-02795) Machulishidagi harbiy aerodromga kelib qo‘ngan. Kuzatuvchilar samolyot Belarusga Sankt-Peterburgdan kelganini aytmoqda.

Ta’kidlanishicha, isyon bostirilganidan beri Prigojinning samolyoti Belarusga to‘rtinchi bor kelishi hisoblanadi. U oxirgi marta 27 iyun, 1 iyul va 11 iyul kunlari uchib kelgan, o‘shanda Prigojin Osipovichi yaqinidagi chodir lagerida tunab qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.