Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ka’bani ziyorat qildi (foto)

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ka’bani ziyorat qildi (foto)
\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida Ka’bani ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Emomali Rahmon  “Markaziy Osiyo—Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishi oldidan Makkaga tashrif buyurdi. U haj ziyoratiga mo‘ljallangan maxsus kiyim (ehrom) kiyib, o‘ziga hamroh bo‘lgan delegatsiya a’zolari bilan Ka’bani yetti marta tavof qilib, namoz o‘qidi.

\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Shundan so‘ng Tojikiston prezidenti Safo va Marva tepaliklariga chiqib, Zamzam qudug‘idan suv ichdi. Rahmon tojik xalqining farovonligi uchun duo qildi. Aytish joizki, u Saudiya Arabistoniga rasmiy va amaliy tashriflar chog‘ida beshinchi marta Makkaga haj ziyoratini amalga oshirmoqda.

\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, bu yil haj ziyorati 26-iyun kuni boshlangan. Pandemiyadan keyin birinchi marta diniy marosim sanitariya cheklovlarisiz o‘tkazilmoqda.

\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.