Qirg‘iziston prezidenti ham Makkada umra ziyoratini ado etdi (foto)

Qirg‘iziston prezidenti ham Makkada umra ziyoratini ado etdi (foto)
\"\"
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi doirasida Makka shahrida umra (kichik haj) ziyoratini ado etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Umra vaqtida Japarov alohida sharafga sazovor bo‘ldi, jumladan, u muqaddas Ka’ba ichiga kirib, u yerda duo o‘qidi.

“Davlat rahbari Qirg‘iziston xalqi farovonligi va mamlakat ravnaqi uchun qodir Tangriga duolar qildi”, — deyiladi xabarda.

\"\"
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
\"\"
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Bundan tashqari, Sadir Japarov Madina shahridagi Masjid an-Nabaviyga (Muhammad payg‘ambar masjidi) ham tashrif buyurgan.

\"\"
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Al-Masjid an-Nabaviy Saudiya Arabistonidagi eng katta masjid va Makkadagi Masjidul Haromdan keyingi Islomning ikkinchi muqaddas joyidir. U dunyodagi ikkinchi eng katta masjid bo‘lib, u yerda Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabri joylashgan. 

\"\"
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.