AQSh prezidenti Nemsovning jasur kishi bo‘lganini e’tirof etdi


AQSh prezidendi Barak Obama Moskva shahrida muxolifatchilar etakchisi Boris Nemsovning o‘ldirib ketilganiga o‘z munosabatini bildirdi.
“Nemsov o‘z mamlakatida inson huquqlari uchun kurashdan charchamaydigan otashin yo‘lboshchi edi. Men uning rus hukumatiga qarshi kurashlarda ko‘rsatadigan jasurligiga hamisha havas bilan qarar edim. Biz 2009 yilda Moskvada uchrashganimizda u o‘z qarashlarini ochiq bayon etgan edi”, – deb eslab o‘tadi Barak Obama.
“Biz Boris Efimovichning oila a’zolari va rus xalqiga o‘z ta’ziyamizni izhor etamiz”, deb bayonot beradi AQSh prezidenti.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













