Yaponiyadagi jazirama sababli 420 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yaponiyadagi jazirama sababli 420 kishi shifoxonaga yotqizildi
Yaponiyadagi jazirama sababli 420 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yaponiyada hukm surayotgan jazirama tufayli 420 kishi shifoxonalarga yotqizildi, deb xabar qilmoqda “Kun”.

2 iyul kuni Kanadzava va Toyama prefekturalarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tarilgan, Fukuida – 36, Mieda – 35,9, Kioto prefekturasida – 35,5 darajani tashkil etgan.

929 meteorologiya nazorat punktidan 446tasida harorat 30 darajadan oshgan, 31-tasida 35 darajadan yuqori raqam qayd etilgan. Yaponiya poytaxtida esa havo harorati 31 darajani tashkil etgan.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, havo harorati 3 iyul kuni ham pasaymaydi. Tokio, Kioto, Saytama, Nagoya kabi shaharlarda harorat 33 darajagacha ko‘tarilishi aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.