Afg‘onistonda yana kuchli zilzila kuzatildi

Afg‘onistonda yana kuchli zilzila kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun Toshkent vaqti bilan 18:23 da (06.08.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 13:23 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 36,31 gradus shimoliy kenglik; 70,81 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=5. Chuqurlik 180 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 568 km janubiy-sharqda.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni ham Afg‘onistonda 5,8 balli zilzila bo‘lgandi. U O‘zbekistonga ham ta’sir qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.