AQSH Kongressiga Baydenga impichment e’lon qilish haqidagi rezolyutsiya kiritildi

AQSH Kongressiga Baydenga impichment e’lon qilish haqidagi rezolyutsiya kiritildi
\"\"
Foto: AP Photo

Respublikachi kongressmen Greg Styubi AQSH prezidenti Jo Baydenga “hokimiyatni suiisteʼmol qilish, poraxo‘rlik, tovlamachilik va firibgarlik uchun” impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani Kongressga kiritdi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Bayden oilaviy biznes bilan shug‘ullanib, xorijliklardan pul olgan. Bundan tashqari, Greg Styubi Bayden hokimiyatni suiiste’mol qilgani, pora olgani, pul undirib, firibgarlik bilan shug‘ullanganini da’vo qilmoqda.

Kongressmen ushbu ayblovlar jiddiy ekanini aytdi va ular impichmentga sabab bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Styubi prezidentning o‘g‘li Xanter Baydenga qarshi tergovda “adolatga to‘sqinlik qilingan”ini bildirdi.

Avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasining Nazorat qo‘mitasi raisi Jeyms Komer prezident Jo Baydenning xorijiy operatsiyalari to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qilgan edi. Undan ma’lum bo‘lishicha, Jo Baydenning o‘g‘li u vitse-prezident bo‘lgan davrda qozoq va rus oligarxlaridan milionlab dollar pul olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.