Rossiyada o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuz “qimmatligi” uchun pichoqlab ketildi

Rossiyada o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuz “qimmatligi” uchun pichoqlab ketildi

Foto: Shutterstock

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuz “qimmatligi” tufayli pichoqlab ketildi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi.

Voqea 13 avgust kuni soat 20:00 atrofida Xudojnikov shoh ko‘chasidagi do‘konda sodir bo‘lgan. Meva-sabzavot sotuvchi 46 yoshli o‘zbekistonlikning oldiga noma’lum erkak kelib, tarvuzning narxini tushirishni so‘ragan. Rad javobini olgan xaridor pichoqni olib, sotuvchiga urgan.

Jabrlanuvchi qorin bo‘shlig‘ida pichoq sanchilgan jarohat bilan 3-shahar shifoxonasiga yetkazilgan. U hujumchini 40 yoshlar atrofidagi, oq sochli erkak deb, tasvirlab berdi. Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.