Chexiyada 2 poezd to‘qnashib ketishi oqibatida 7 yo‘lovchi jarohatlandi


Chexiyaning Rotava shahridagi temir yo‘l stansiyasidan 200 m masofada ikki poezd to‘qnashishi oqibatida 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kun” xabar beradi.
«Bu hodisada jinoyat alomatlari borligi bo‘yicha tekshiruvlar boshlangan. Hozircha hodisaning aniq sababi ma’lum emas», — degan polisiya vakili Ketrin Kreychi.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Aniqlik kiritilishicha, poezdlar kichik tezlikda harakatlanayotgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













