Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Bokuga yetib bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Bokuga yetib bordi (foto)

\"\"

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Boku shahriga bordi.

Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarboyjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

\"\"

Bugun bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

\"\"

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.