Tramp: “Baydenning sharafsiz siyosati Amerikani jahannamga olib ketmoqda”

Tramp: “Baydenning sharafsiz siyosati Amerikani jahannamga olib ketmoqda”

Foto: Google Images
 AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning fikricha, rasmiy tadbirlar vaqtida oyoqda turolmayotgan Jo Bayden mamlakatni boshqara olmaydi.

Havo kuchlari akademiyasining bitiruv marosimida Bayden hatto oyoqda to‘g‘ri turolmadi. U samolyot trapidan yiqilmasdan ko‘tarilolmaydi. Va eng muhimi, u ikki gapni eplab aytishga qodir emas”, — dedi Tramp ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videomurojaatida.

Amerikaning 45-prezidenti fikricha, bularning barchasi Bayden AQSHdek yirik davlatni boshqarmasligi kerakligini anglatadi.

Tramp Baydenni “sharafsiz”, — deb atadi. — Uni nafaqat ahmoq va qobiliyatsiz, balki aqldan ozgan deb o‘ylayman”. Baydenning atrof-muhit, migrantlar va liberal qurollarga oid siyosati mamlakatni jahannamga olib boradi, dedi Tramp.

Oxir-oqibat bu odam tufayli hech qanday sababsiz uchinchi jahon urushi boshlanadi”, — deb Tramp.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.