Yaponiya imperatori taxtdan kechishga qaror qildi

Yaponiya imperatori taxtdan kechishga qaror qildi
Yaponiya imperatori taxtdan kechishga qaror qildi

Yaponiya imperatori Akixito yaqin yillar ichida taxtdan voz kechish niyatida ekanligini va uni o‘g‘l Naruxitoga topshirmoqchiligini ma’lum qildi. Bu haqda Yaponiya OAVning imperator saroyidan olgan olgan ma’lumotlari asosida Interfax.ru sayti xabar beradi. Imperator bu haqida o‘z oilasini ogohlantirgan.

82 yoshli imperatorning bu fikrga kelishiga uning sog‘ligi tufayli o‘z vazifalarini to‘liq bajara olmay qolishi mumkinligi va shuning uchun taxtni topshirib, dam olish niyatida ekanligi deb aytilmoqda


Imperator Akixito - oldingi imperator Xiroxito va uning rafiqasi Kodzyuning katta o‘g‘li va beshinchi farzandi. 1933 yilning 23 dekabrida tug‘ilgan. Rasman Akixito eramizdan avvalgi 660 yildan beri uzluksiz davom etib kelayotgan yapon imperatorlari sulolasining 125 imperatori hisoblanadi. Bu sulolaning birinchi imperatori qirol Dzimmu bo‘lgan.

Akixito hozirgi vaqtda butun dunyo bo‘yicha yagona imperiya boshqaruvchisidir.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.