Turkiya hukumati Bosh shtab boshlig‘i lavozimiga vaqtincha rahbar tayinladi

Turkiya hukumati Bosh shtab boshlig‘i lavozimiga vaqtincha rahbar tayinladi
Turkiya hukumati Bosh shtab boshlig‘i lavozimiga vaqtincha rahbar tayinladi

Turkiya hukumati mamlakat qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari lavozimiga vaqtincha bajaruvchi tayinladi. Bunga, amaldagi Bosh shtab boshlig‘ining qayerdaligi noma’lumligi sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda \"Reuters agentligi\" xabariga asoslanib \"Kun\" nashri.

Bu haqda, mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim e’lon qilgan. Ayrim OAVning xabar qilishicha, Bosh shtab rahbari garovda bo‘lishi mumkin.

Daily Sabah nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Bosh shtabga Umar Dundar vaqtinchalik rahbarlik qiladi. U Istanbul va mamlakat shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi Birinchi armiya — quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.