«Aeroflot» Turkiyaga 16-17 kungi reyslarini bekor qildi


«Aeroflot» Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga bo‘lgan 16 iyungi barcha hamda 17 iyun kungi ertalabki reyslarni bekor qildi, deya xabar beradi aviakompaniya vakili «RIA Novosti»ga.
– Istanbul va Antaliya shaharlariga bo‘lgan 16 iyun kungi ertalabki va kechki barcha reyslar bekor qilingan. Shuningdek, Istanbul va Antaliyaga 17 iyun kuni ertalabki reyslar ham amalga oshirilmaydi, – deydi kompaniya vakili.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya har kuni ikki marta Istanbulga va bir marta Antaliyaga reysni amalga oshirib kelayotgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













