Olmaotada otishma yuz berayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda

Olmaotada otishma yuz berayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda
Olmaotada otishma yuz berayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda

18 iyul kunining birinchi yarmida Qozog‘istonning Olmaota shahrida otishma ovozlari yangradi. Qozog‘istondagi mahalliy nashrlar ma’lumotlariga ko‘ra, otishma mahalliy vaqt bilan 11:00 atrofida shahar markazidagi IIBB binosi atrofida ro‘y bergan.

Tengrinews.kz\'ga asoslanib \"Kun.uz\" xabariga berishicha, Almalinsk tuman IIBB joylashgan hudud atrofi o‘rab olingan.

Guvohlarning ma’lumotlariga ko‘ra, shahardagi navbatdagi otishmalar ro‘y bergan Nikolskiy bozori atrofi ham polisiyachilar bilan o‘rab olingan. Otishma davomida 2 kishi jarohatlangani aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.