Olmaotada terroristik xavfning «qizil daraja»si e’lon qilindi

Olmaotada terroristik xavfning «qizil daraja»si e’lon qilindi
Olmaotada terroristik xavfning «qizil daraja»si e’lon qilindi

Olmaota shahrida terroristik xavfning eng yuqori, ya’ni «qizil» daraja e’lon qilindi, aholiga tegishli axborotdan iborat SMS-bildirishnomalar kelmoqda. Bu haqda \"RIA Novosti\"ga asoslanib \"Kun\" xabar bermoqda.

Bundan oldingi xabarlarda noma’lum shaxslar hujumi oqibatida 2 polisiyachi halok bo‘lgani va bir necha kishi jarohatlangani, shuningdek, hujum qiluvchilardan biri o‘ldirilib, yana biri qo‘lga olingani ma’lum qilingandi.

Ayni vaqtda shaharda rejali aksilterror amaliyot o‘tkazilmoqda.

Otishma mahalliy vaqt bilan 11−11:30 atrofida mahalliy IIB yaqinida yuz bergan.

Qayd etilishicha, polisiya binosiga bir necha qurollangan shaxs hujum uyushtirgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlardan biri qo‘lga tushirilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qiluvchilardan yana biri o‘ldirilgan.

Ma’lumot uchun, «qizil» daraja bir nechta holatlarda e’lon qilinadi — sodir bo‘lgan terakt haqida yoki takroriy hujumlar tayyorlanayotgani haqida ma’lumot bo‘lsa.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.